ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA SAVOD O‘RGATISH JARAYONIDA TALAFFUZ MALAKALARINI PARALLEL RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
pdf (English)

Ключевые слова

zaif eshituvchi bolalar, savod o‘rgatish, talaffuz malakalari, bilish jarayonlari, eshitish qoldig‘i, surdopedagogika, koxlear implantatsiya, yosh xususiyatlari.

Аннотация

Maqolada zaif eshituvchi bolalarga savod o‘rgatish jarayonida talaffuz malakalarini parallel rivojlantirish texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. Muammoning dolzarbligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi rasmiy idoralarining so‘nggi statistik ma’lumotlari, jumladan, hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida dalillab berilgan. Ushbu maqolada savod o‘rgatish va talaffuz ustida ishlashni alohida, ketma-ket jarayonlar sifatida emas, balki yagona didaktik jarayonda parallel shakllantirish g‘oyasi ilgari suriladi: har bir tovush-harf birligi bir vaqtning o‘zida eshitish-ko‘rish, artikulyatsion-kinestetik va grafik kanallar orqali o‘zlashtiriladi. Mazkur yondashuv o‘qish texnikasi, nutqning tushunarliligi va og‘zaki muloqotga tayyorgarlikni o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirishga xizmat qilishi, ixtisoslashtirilgan maktablar va inklyuziv ta’lim amaliyoti uchun ilmiy-metodik asos bo‘la olishi ko‘rsatilgan. Berilgan ma’lumotlar savod o‘rgatish darslarini rejalashtirish, talaffuz ustida ishlashni individuallashtirish hamda o‘qituvchi-defektologlarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.

pdf (English)

Библиографические ссылки

Yangi O‘zbekistonda bolalar tibbiyoti rivoji // UZA. — 2026. URL: https://uza.uz/ar/posts/yangi-ozbekistonda-bolalar-tibbiyoti-rivoji_864300

Milliy statistika qo‘mitasi. 2025-yilda O‘zbekistonda 879,6 ming ta tug‘ilish qayd etildi. URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/66611-2025-jilda-zbekistonda-879-6-mingta-tu-ilish-ajd-etildi-2 (hududlar kesimidagi to‘liq ro‘yxat: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/02/03/tugilish).

Inoyatova F.I., Primako V.I., Rizaev J.A. Eshitish qobiliyati zaif bolalarga yuqori ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishni tashkil etish – O‘zbekistonda koxlear implantatsiya bo‘yicha 9 yillik tajriba // Doktor axborotnomasi. — 2023. — №4 (112). — B. 17–21. DOI: 10.38095/2181-466X-20231124-17-21. URL: https://sammu.uz/en/article/3478/download

Toshkentda koxlear implantatsiya bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi // Kun.uz. — 14.11.2022. URL: https://kun.uz/news/2022/11/14/toshkentda-koxlear-implantatsiya-boyicha-xalqaro-konferensiya-bolib-otdi

Выготский Л.С. Основы дефектологии. — СПб.: Лань, 2003. — 654 с.

Боскис Р.М. Глухие и слабослышащие дети. — М.: Академия педагогических наук РСФСР, 1963. — 335 с.

Рау Ф.Ф., Слезина Н.Ф. Методика обучения произношению в школе глухих. — М.: Просвещение, 1981. — 191 с.

Соловьев И.М. Психология познавательной деятельности нормальных и аномальных детей. — М.: Просвещение, 1966. — 224 с.

Богданова Т.Г. Сурдопсихология: учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. — М.: Академия, 2002. — 224 с.

Po‘latova P., Mamarajabova Z., Nurmuxamedova L. va b. Maxsus pedagogika: darslik. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2014.

Mamarajabova Z.N. Maxsus pedagogika (surdopedagogika): o‘quv qo‘llanma. — Toshkent, 2017.

Fayziyeva U.Y. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‘rgatish: ped. fan. nomz. diss. avtoref. — Toshkent: TDPI, 1994. — 18 b.

Abdulxamidova G. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati // O‘zMU xabarlari. — 2022. — №1/7. — B. 29–31. — ISSN 2181-7324.

Po‘latxo‘jayeva M. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasida neyropsixologik faoliyatning o‘ziga xosligi // Qo‘qon universiteti xabarnomasi. — 2026. — 18-C son, 2-maqola. — B. 9–12. ISSN 2181-1695. URL: https://herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/download/1712/1436/2256

Raximova X.S., Akbarov S.S. Koxlear implantli bolalarni eshitish idroki va nutqini shakllantirish orqali inklyuziv jamiyatga integratsiya qilish // journal.namdu.uz. — 2023. — 6-son. URL: https://journal.namdu.uz/archive/2023-issue-6/maqola-36205-1682006079/pdf