Аннотация
Mazkur maqola Qoraqalpoq xalqining boy gastronomik madaniyatiga, anʼanaviy milliy taomlariga bagʻishlangan. Unda Qoraqalpoq oshxonasining shakllanish tarixiy asoslari, uning xalqning turmush tarzi, tabiiy-geografik sharoit va qadimiy urf-odatlar bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Milliy taomlar — Júwеri gúrtik, Aq sawlaq, Máyek bórek kabi oziq-ovqat mahsulotlari nafaqat isteʼmol uchun, balki xalqning madaniy oʻzgachalik va etnografik merosining ajralmas qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur milliy taomlarning bugungi kunda yoshlarga oʻrgatilishi, ularni asrash va avloddan-avlodga yetkazish muammolari va imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda milliy oshxonaning turizm, taʼlim va madaniyat sohalaridagi roli ham oʻrganiladi.
Библиографические ссылки
Ahmadov, B. "Qoraqalpoq xalqining madaniy merosi" – Qoraqalpoq xalqining anʼanaviy taomlari, ularning tayyorlanish usullari va etnografik jihatlari haqida maʼlumotlar mavjud.
Yoqubov, A. "Oʻrta Osiyo xalqlarining ovqat madaniyati" – Bu kitobda Qoraqalpoq taomlari boshqa mintaqa xalqlari bilan taqqoslab berilgan.
"Qoraqalpoq xalqining anʼanaviy ovqatlari: tarix va innovatsiyalar" – "Etnografik tadqiqotlar jurnali", 2018.
"Qoraqalpoq oshxonasining etnik xususiyatlari" –“Oʻzbekiston tarixi va madaniyati“, 2020.