O`ZBEK TILIDA MORFOLOGIK VOSITALAR ORQALI PRAGMATIK MA’NO IFODALANISHI
PDF

Keywords

pragmalingvistika, antroposentrik nazarya, antropolingvistika, pragmatik ma’no, lingvistik vositalar, paralingvistik vositalar.

Abstract

Jаmiyat tаrаqqiyotidа nutq bеlgilоvchi o’rin tutаdi. U jаmоаdаgi kishilаrni birlаshtirish, mа’lum mаqsаd sаri yo’nаltirish imkоniyatigа egа. Kishilаr o’z tаfаkkur dаrаjаsi, fikrlаsh qоbiliyati vа imkоniyatlаrigа ko’rа so’zlаydilаr. Pragmatikada nutqiy harakat inson faoliyatining turli qirralari bilan bog’liqlikda o’rganiladi. Struktur(sistem) tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o’rgansa, pragmatika diskurs (muloqot, o’zaro fikr almashuv, kommunikatsiya, aloqa-aralashuv, so’zlashuv) tizimini o’rganadi. Oddiy qilib aytganda, nutqiy muloqotni yaxlit bir tizim sifatida – bu jarayonning barcha lisoniy va nolisoniy omillari bilan uzviy bog’liqlikda, hamkorlikda o’rganuvchi fandir.

So‘z ma’nolarini analiz qilish orqali shuni kuzatish mumkinki, barcha so‘zlar dastlabki bosqichda monosemantik xarakterga ega bo‘ladi. Ulardan muayyan narsa va hodisalarni ifodalash maqsadida foydalaniladi. Keyinchalik ular boshqa predmet va hodisalarni ifodalash maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Natijada so‘zlarning keyingi ma’nolari kelib chiqadi  . So`zning pragmatik  ma`no tuzilishi: ma’noning torayishi va kengayishi kabi lingvistik hodisalar tilshunoslikda o’ziga xos tarzda tadqiq etilgan[1].  Bu hodisa, ayniqsa, leksikologik sathda atroflicha o’rganilgan bo’lib, ko’pchilik ishlarda leksik ma’no doirasida tahlil etilgan.

 

[1]Nurmonov.A.  Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon,  1992  y,  10-20  betlar;

                                                                                                                  

 

 

PDF

References

Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar;

Safarov Sh,Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. Samarqand, 2007. 19-bet.

Safarov Sh. Pragmalingvistika. Samarqand, 2008. 19-bet.

Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar;

Ne`matov H., Rasulov R. O`zbek tili system leksikologiyasi asoslari. –T, 1995.55b.

Shomaqsudov A. va boshqalar. O`zbek tili stilistikasi. – T: O`qituvchi. 1983

Hakimov .M. O`zbek pragmalingvistikasi asoslari. T.2013 y

Shomaqsudov A. va boshqalar. ko`rsatilgan manba. 239-b