YELKA SUYAGI TUZILISHINING AMALIY VA KLINIK AHAMIYATI
PDF

Keywords

yelka suyagi, xirurgik bo‘yin, nervus radialis, arteria circumflexa humeri, sinish, nekroz, klinik ahamiyat.

Abstract

Ushbu ilmiy-tahliliy maqolada yelka suyagining (humerus) anatomik tuzilishiga oid o‘ziga xos jihatlar, uning klinik, morfologik va amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, suyakning ikki bosh (proksimal va distal) hamda ikki bo‘yin (anatomik va xirurgik) qismlarga ega ekanligi, ushbu sohalarda joylashgan qon tomir va nerv tuzilmalarining topografik joylashuvi hamda ularning jarohatlanish xavfi tahlil qilinadi.

Maqolada yelka suyagi sinishlarining eng ko‘p uchraydigan turlari — ayniqsa, xirurgik bo‘yin sinishi, diafiz va distal epifiz sinishlari — bilan bog‘liq qon tomir (arteria circumflexa humeri anterior et posterior) hamda nerv (nervus radialis, nervus ulnaris) zararlanishlari patogenetik va klinik jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu shikastlanishlarning oqibatida kuzatiladigan qon aylanishining buzilishi, suyak nekrozi, mushak atrofiyasi va funksional cheklanishlar kabi klinik holatlar yoritilgan. Maqola shuningdek, yelka suyagining anatomik tuzilishini bilishning jarrohlik amaliyoti, travmatologiya va reabilitatsiya jarayonlarida ahamiyatini ilmiy asosda ko‘rsatadi.

Ushbu bilimlar sinishlar diagnostikasi, suyaklar repozitsiyasi va implantatsiya operatsiyalarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, nerv va qon tomir tuzilmalarini saqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

PDF

References

Gayvoronskiy I.V., Sattubaev I.I. “Odam normal anatomiyasi” 1-tom – Andijon - 2023.

Radovan Hudak, David kachlik Ondrej Volny va b. “Memorix anatomy” – czech Republik - 2015.

Standring S. (ed.) Gray’s Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice. — 42nd Edition. — London: Elsevier, 2020.

Moore K.L., Dalley A.F., Agur A.M.R. Clinically Oriented Anatomy. — 8th Edition. — Philadelphia: Wolters Kluwer, 2018.

Netter F.H. Atlas of Human Anatomy. — 7th Edition. — Elsevier, 2019.

Gualdi-Russo E., Zaccagni L. Sexual dimorphism in the humerus: An anthropometric study. Journal of Forensic Sciences, 2001, Vol. 46(4), pp. 857–863.

Mays S. The relationship between humeral length and stature in adult humans. American Journal of Physical Anthropology, 1999, Vol. 109(3), pp. 285–296.

Doral M.N., Atay A.O., et al. Functional anatomy of the shoulder joint and rotator cuff. Journal of Orthopaedic Science, 2012, Vol. 17(3), pp. 336–343.

Khodjaeva N.Sh., Mamatqulova D.R. “Yelka bo‘g‘imi va uning klinik ahamiyati”, Tibbiyotda yangi avlod ilmiy to‘plami, 2023, №1, 72–78-betlar.

Susan Standring. Gray’s Student Anatomy: Basic Structure and Function. — Elsevier, 2019.