Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitishda So‘fi Olloyor ijodidan foydalanishning didaktik ahamiyati yoritiladi. Qolaversa, mumtoz adabiyot namoyandasi hisoblangan So‘fi Olloyorning axloqiy-ma’rifiy mazmundagi asarlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy tushunchalarni shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Ayniqsa, “Sabotul ojizin” kabi pand-nasihat ruhidagi asarlar orqali odob, halollik, sabr, tavoze, zakovat va ma’naviy poklik kabi fazilatlarni o‘rgatishning samaradorligi tahlil qilinadi. So‘fi Olloyor nasihatlarining sodda va ta’sirchan tilda ifodalanishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning idrokiga mos bo‘lib, tarbiya darslarida mavzularni obrazli tushuntirish, interfaol metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarning fikrlash jarayonini faollashtirishga keng imkon yaratishi ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, shoir ijodining tarbiyaviy ahamiyati orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy merosni anglash va yaxshi xulq ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining didaktik jihatlari ochib beriladi.
Библиографические ссылки
Аdizоvа Iqbоlоy. O‘zbеk mutоz аdаbiyoti tаriхi.Tоshkеnt: Fаn.2009.B-95
Mаhbub Jаmоl Оqchurun “Sаbоt ul-оjizin” kitоbi. //Sho‘rо//.1917.7-sоn.
So‘fi Оllоyor. Sаbоt ul-оjizin. Tоshkеnt: Sа’nаt jurnаli.2007. B-14
Аdizоvа Iqbоlоy. O‘zbеk mumtоz аdаbiyoti tаriхi. Tоshkеnt: Fаn. 2009. B-96.
So‘fi Оllоyor. Mаslаk ul-muttаqin. Tоshkеnt. Mаvаrоunnаhr 2007. Dаr miyoni vilоyati islоm. B-7
Оrzibеkоv R. O‘zbеk аdаbiyoti tаriхi. Tоshkеnt. O‘zbеkistоn. 2006. B-81.