Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik madaniy merosi bo‘lgan milliy raqs san’atining shakllanish bosqichlari, tarixiy ildizlari va taraqqiyot jarayoni ilmiy nuqtayi nazardan yoritib beriladi. O‘zbek raqslari Markaziy Osiyo hududida ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan boshlab shakllanib, turli etnografik qatlamlar, marosimlar, diniy urf-odatlar hamda ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida rivojlangan. Maqolada raqs san’atining qadimiy davrlardan to hozirgi zamongacha o‘tgan bosqichlari, har bir davrga xos o‘ziga xos xususiyatlar, uslublar va janrlar tahlil qilinadi. Shuningdek, mustaqillik yillaridan keyingi o‘zbek raqsi maktablarining taraqqiyoti, yangi yo‘nalishlar, koreografiya ta’limi va ijrochilik mahoratining yangicha mezonlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarixiy manbalar, etnografik ma’lumotlar hamda san’atshunoslik qarashlari asosida milliy raqs san’atining o‘tmishi va bugungi holati qiyosiy yondashuvda o‘rganiladi. Olingan natijalar o‘zbek raqsining madaniy qadriyat sifatida bugungi avlod tarbiyasidagi o‘rnini anglashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Islomov Z. O‘zbek raqs san’ati tarixi. — Toshkent: Fan, 1998.
Uspenskiy V. Muzykalnaya kultura Uzbekistana. — Moskva, 1976.
Abdurahmonova F. Milliy raqs va uning sahna talqini. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
Qodirova G. O‘zbek raqs maktablari va rivojlanish yo‘nalishlari. // San’atshunoslik jurnali, 2021.