BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARNING BADIIY VA ESTETIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH
PDF (English)

Ключевые слова

Badiiy-estetik kompetentsiya, estetik did, badiiy idrok, badiiy tafakkur, vizual savodxonlik, kompozitsion ko‘nikmalar, san’atni tahlil va talqin qilish, tasviriy san’at pedagogikasi, bo‘lajak o‘qituvchi kompetentsiyasi, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, STEAM yondashuvi, loyihaviy faoliyat, muzey pedagogikasi, ijodiy fikrlash, estetik tarbiya, kasbiy tayyorgarlik, amaliy san’at ko‘nikmalari, estetik madaniyat, san’atni qabul qilish va baholash.

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy va estetik kompetentsiyasini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy jihatlar tahlil qilinadi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida tasviriy san’at o‘qituvchisining faqat texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lishi yetarli emas, balki estetik idrok, badiiy tafakkur, ijodkorlik va san’atni tahlil qila olish kompetentsiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada badiiy-estetik kompetentsiya tarkibiy qismlari (estetik idrok, vizual savodxonlik, badiiy fikrlash, kompozitsion ko‘nikmalar, san’at asarlarini tahlil va talqin qilish qobiliyati) yoritiladi. Shuningdek, OTMlarda bo‘lajak san’at o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida innovatsion metodlar — interfaol texnologiyalar, STEAM yondashuvi, loyihaviy faoliyat, muzey pedagogikasi va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari badiiy-estetik kompetentsiyani rivojlantirish o‘quvchilarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash, san’atni chuqur anglash va estetik didni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Abdullaev, J. Rangtasvir asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2019. – 220 b.

Azizxo‘jaeva, N. N. Pedagogik kompetentligining nazariy asoslari. – Toshkent: Tafakkur, 2020. – 180 b.

Babaev, R., Raximov, F. Badiiy-estetik tarbiya metodikasi. – Toshkent: Fan, 2018. – 264 b.

Komilova, M. San’at ta’limi metodologiyasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021. – 240 b.

Yo‘ldoshev, B. Pedagogik texnologiyalar va ularning amaliyotda qo‘llanilishi. – Toshkent: Universitet, 2020. – 230 b.

Qodirova, D. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2022. – 210 b.

Борисова, Е. А. Эстетическое воспитание в системе художественного образования. – Москва: Педагогика, 2017. – 190 с.

Волков, Н. Н. Цвет в живописи. – Москва: Искусство, 2015. – 175 с.

Кравченко, А. И. Основы эстетики и художественного восприятия. – Санкт-Петербург: Лань, 2019. – 304 с.