KALLA SUYAGINING YOSHGA XOS ANATOMIYASI VA UNING KLINIK AHAMIYATI
PDF (English)

Ключевые слова

chaqaloq kalla suyagi, os frontale, os parietale, os occipitale, suturae cranii, foramen magnum, sulci arteriosi, fossa cranii anterior, neonatologiya, pediatriya, bolalar neyroxirurgiyasi.

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola chaqaloq kalla suyagining asosiy anatomik bo‘laklari — os frontale, os parietale vа os occipitale ning morfologik tuzilishi, ularning rivojlanish jarayoni vа funksional ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Chaqaloqlarda ushbu suyaklar o‘rtasida joylashgan suturae cranii va fonticuli cranii ning ochiq bo‘lishi kalla boshining moslashuvchanligini ta’minlab, tug‘ruq jarayonida fiziologik laborator mexanizm sifatida xizmat qiladi. Maqolada calvaria va basis cranii ning o‘zaro morfologik bog‘liqligi, ichki yuzalarda uchraydigan impressiones digitatae, sulci arteriosi, fossa cranii anterior hamda foramen magnum ning klinik ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, chaqaloq boshida uchraydigan normal anatomik holatlar bilan patologik jarayonlar (masalan, plagiocephalia, craniosynostosis, hydrocephalus) o‘rtasidagi farqlar va ularning morfologik asoslari qiyosiy tahlil qilindi. Ushbu tahlil pediatriya, neonatologiya ва bolalar neyroxirurgiyasi amaliyotida to‘g‘ri tashhis qo‘yish uchun muhim bo‘lgan strukturaviy belgilarni aniqlashgа yordam beradi. Tadqiqot natijalari chaqaloq kalla suyaklarining anatomik moslashuvchanligi vа rivojlanish bosqichlarini ilmiy asosda yoritib, klinik jarayonlarda suyaklar o‘zaro bog‘lanishining ahamiyatini ko‘rsatadi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Gayvoronskiy I.V., Sattubaev I.I. “Odam normal anatomiyasi” 1-tom – Andijon - 2023.

Radovan Hudak, David kachlik Ondrej Volny va b. “Memorix anatomy” – czech Republik - 2015.

Standring S. (ed.) Gray’s Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice. — 42nd Edition. — London: Elsevier, 2020.

Moore K.L., Dalley A.F., Agur A.M.R. Clinically Oriented Anatomy. — 8th Edition. — Philadelphia: Wolters Kluwer, 2018.

Netter F.H. Atlas of Human Anatomy. — 7th Edition. — Elsevier, 2019.

Gualdi-Russo E., Zaccagni L. Sexual dimorphism in the humerus: An anthropometric study. Journal of Forensic Sciences, 2001, Vol. 46(4), pp. 857–863.

Mays S. The relationship between humeral length and stature in adult humans. American Journal of Physical Anthropology, 1999, Vol. 109(3), pp. 285–296.

Susan Standring. Gray’s Student Anatomy: Basic Structure and Function. — Elsevier, 2019.