Аннотация
O'zbekiston Respublikasidagi qonun hujjatlari va ularning ijrosini ta'minlash jarayoni, shuningdek, davlatning qonun hujjatlari ustidan amalga oshiradigan nazorat tizimi tahlil qilingan. Qonun hujjatlari davlat tomonidan qabul qilingan va jamiyat hayotini tartibga soluvchi rasmiy hujjatlar bo'lib, ular fuqarolar, tashkilotlar va davlat organlari uchun majburiy qoidalarni belgilaydi. Bu hujjatlar, o'z navbatida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda adolatni o'rnatish, tartibni ta'minlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Davlat nazorati qonun hujjatlarining ijrosini ta'minlashda katta rol o'ynaydi, chunki samarali nazorat huquqiy tartibni mustahkamlashga yordam beradi va qonunlarni buzish holatlarini oldini oladi. Shuningdek, jahonning rivojlangan davlatlaridagi qonun hujjatlari ijrosini ta'minlashda qo'llaniladigan tajribalar keltirilgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanadada qonun ijrosini nazorat qilish uchun samarali mexanizmlar, shu jumladan, parlament nazorati, mustaqil audit organlari, elektron nazorat tizimlari va boshqa texnologik vositalar mavjud. Bu mamlakatlar o'zlarining huquqiy tizimlarini yaxshilash va qonunlarga rioya etilishini ta'minlashda xalqaro tajribalarni muvaffaqiyatli joriy qilgan.
Ushbu maqolada qonun hujjatlari va uning ahamiyati, O’zbekiston qonun hujjatlarini ijrosini ta’minlash jarayoni, jahon miqyosida qonun hujjatlarini ta’minlash kabilar batafsil yoritilgan.
Библиографические ссылки
O’zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 30.04.2023 yil.
https://ijro.uz 2022-yil 23-iyun holatiga ko’ra kelib tushgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari soni.
“Huquqshunoslikning umumiy asoslari” (muallif: I.M.Yusupov)-Huquqshunoslikning umumiy tamoyillari va qonun hujjatlari ustidan davlat nazorati.