IBN AJRRUM VA IBN HISHOM AL-ANSORIY ASARLARIDA ISM KATEGORIYASINING TALQINI: TA’LIMIY VA GRAMMATIK YONDASHUVLAR QIYOSI
PDF (English)

Ключевые слова

arab nahvi, ism kategoriyasi, Ibn Ajrrum, Ibn Hishom al-Ansoriy, al-Ajurrumiyya, Qotradun-nada, i‘rob, ma‘rifa, nakira.

Аннотация

Ushbu maqolada arab nahv ilmining ikki muhim manbasi — Ibn Ajrrumning al-Ajurrumiyya matni va unga tayangan sharh an’anasi hamda Ibn Hishom al-Ansoriyning Qotradun-nada wa ball as-sada asarida ism kategoriyasining talqini tahlil qilinadi.

Tadqiqotda ismning belgilari, i‘rob bilan bog‘liqligi, ma‘rifa va nakira, mu‘rab va mabniy, sintaktik vazifalari hamda ularni o‘qitish usuli qiyoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Ajrumiya an’anasi boshlang‘ich ta’lim uchun qulay, ixcham va sodda modelni bersa, Qotradun-nada shu tayanchni chuqurlashtiradigan, dalil va tahlilga ko‘proq tayangan o‘rta bosqich grammatik manba sifatida namoyon bo‘ladi. Har ikki asar bir xil nahviy an’anaga mansub bo‘lsa-da, ism kategoriyasini yoritishdagi bayon darajasi, ichki tasnifi va metodik maqsadi bilan farqlanadi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

ابن آجروم، محمد بن محمد بن داود الصنهاجي. المقدمة الآجرومية. — بيروت: دار الكتب العلمية، 2003.

المهذري، مالك بن سالم بن مطر. الممتع في شرح الآجرومية. — الرياض: الناشر المتميز، 2018.

ابن هشام الأنصاري، عبد الله بن يوسف. شرح قطر الندى وبل الصدى. — بيروت: دار الكتب العلمية، 1996.

Samah S., Benguellil H. Educational Grammar in Al-Ajurrumiyya Text // ZAOULI. — 2025. — Vol. 6. — No. 10.

Karim S. N. Features of the Educational Curriculum of Ibn Hisham Al-Ansari in His Grammatical Abbreviations // Journal of Tikrit University for Humanities. — 2023. — Vol. 30. — No. 5/1.

Versteegh K. The Arabic Language. — Edinburgh: Edinburgh University Press, 2014.

Owens J. Early Arabic Grammatical Theory: Heterogeneity and Standardization. — Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 1990.

Ryding K. C. A Reference Grammar of Modern Standard Arabic. — Cambridge: Cambridge University Press, 2005.