Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada gandbolda musobaqa davrida markaz o‘yinchilarining hujumdagi texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot Olmaliq kon-metallurgiya kombinoti (OKMK) gandbol jamoasi markaz o‘yinchilari misolida olib borildi. Musobaqa faoliyatida markaz o‘yinchilarining hujumni tashkil etish, o‘yinning sur’atini boshqarish, kombinatsion harakatlarni amalga oshirish hamda golli vaziyatlar yaratishdagi roli chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot davomida musobaqa davriga mos maxsus texnik-taktik mashqlar tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Olingan natijalar markaz o‘yinchilarining hujum samaradorligi sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatdi.
Библиографические ссылки
Pavlov Sh.K., Abdurazmanov F.A. Gandbol. Darslik. Toshkent, 2005.
Pavlov Sh.K., Abdalimov O.X., Matxalikov I.I. Gandbol.