MDH MAMLAKATLARI PROKURATURA ORGANLARIDA SUN'IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
PDF (English)

Ключевые слова

sun’iy intellekt, prokuratura organlari, MDH mamlakatlari, raqamlashtirish, algoritmik shaffoflik, axborot xavfsizligi, huquqni muhofaza qilish, qiyosiy-huquqiy tahlil.

Аннотация

Ushbu maqolada MDH mamlakatlari prokuratura organlari faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning nazariy, huquqiy va amaliy jihatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt tushunchasining ilmiy yondashuvlari, uning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi ahamiyati hamda prokuratura faoliyatidagi o‘rni o‘rganiladi. Shuningdek, MDH davlatlarida prokuratura tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellekt vositalarini joriy etish bo‘yicha mavjud normativ-huquqiy asoslar qiyosiy tahlil qilinadi. Jinoyatchilikni aniqlash, uni oldindan prognoz qilish, tergov ustidan nazoratni kuchaytirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida sun’iy intellekt imkoniyatlari yoritiladi. Shu bilan birga, algoritmik oshkoralik, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va inson huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb muammolar ko‘rib chiqiladi. Yevropa Ittifoqi hamda Xitoy tajribasi asosida ilg‘or amaliyotlar tahlil qilinib, ularni MDH mamlakatlari sharoitida qo‘llash istiqbollari asoslab beriladi.

Tadqiqot yakunida prokuratura organlari faoliyatida sun’iy intellektdan samarali foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Normativ-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF–110-son Farmoni // lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–304-son Qarori // lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi // lex.uz.

Ilmiy adabiyotlar va monografiyalar:

Filipova I.A. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: ma’ruzalar kursi (Rus tilidan Z.O. Kuvandikov tarjimasi; mas’ul muharrir A.R. Axatov). – Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti, 2022. – 179 b.

Morkhat P.M. Iskusstvenniy intellekt: pravovoy vzglyad (Sun’iy intellekt: huquqiy ko‘rinish). Nauchnaya monografiya. – Moskva: Buki Vedi, 2017. – 257 s.

Arzumanyan A.E. Primenenie sistem iskusstvennogo intellekta v ugolovno-protsessualnoy deyatelnosti prokurora: preimushchestva i nedostatki (Sun’iy intellekt tizimlarini prokurorning jinoyat-protsessual faoliyatida qo‘llash: afzalliklar va kamchiliklar) // Yuridicheskie issledovaniya. – 2025. – № 12. – S. 56-72.

Ponkin I.V., Redkina A.I. Iskusstvenniy intellekt s tochki zreniya prava // Vestnik RUDN. Seriya: Yuridicheskie nauki. – 2018. – T. 22. – № 1. – S. 91-109.

Elektron resurslar:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – www.lex.uz.

Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi raqamli transformatsiyasi konsepsiyasi – www.genproc.gov.ru.