Аннотация
Mazkur maqolada ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyot va ijtimoiy tarmoqlarning inson ruhiyatiga ta’siri “Verter effekti” misolida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
XVIII asrda Iogann Volfgang Gyote tomonidan yaratilgan “Yosh Verterning iztiroblari” asaridan keyin yuzaga kelgan ommaviy fojeaviy holatlar hamda zamonaviy media makonidagi o‘xshash jarayonlar yoritiladi. Maqolada ommaviy ta’sirning yoshlar va o‘smirlar psixologiyasiga salbiy ta’siri, fojeaviy voqealarning media orqali romantik tusda talqin qilinishi va uning ijtimoiy oqibatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish masalalari haqida fikr yuritiladi.
Библиографические ссылки
Iogann Volfgang Gyote. Yosh Verterning iztiroblari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.
Devid Fillips. The Influence of Suggestion on Suicide: Substantive and Theoretical Implications of the Werther Effect // American Sociological Review. – 1974.