Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosini ta’minlashda nazorat institutining o‘rni, uning o‘ziga xos shakllari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, probatsiya tizimi, sud va ichki ishlar organlari faoliyati, elektron nazorat vositalari, jamoatchilik nazorati hamda profilaktik mexanizmlarning o‘zaro uyg‘unligi ilmiy-huquqiy jihatdan yoritiladi. Maqolada xorijiy tajribalar ham o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ham probatsiya tizimi joriy etilishi bilan jazoni ijro etishning yangi shakllari paydo bo‘ldi. Biroq ushbu jazolar samaradorligi bevosita nazorat mexanizmlarining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Nazoratning sustligi jazoning ijro etilmasligiga, qayta jinoyatchilikka yoki sud hukmi talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosini ta’minlashda nazoratning o‘ziga xos shakllarini tadqiq etish dolzarb ilmiy masala hisoblanadi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi.
“Probatsiya to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi 978-sonli qonuni.
Rustamboyev M.X. Jinoyat-ijroiya huquqi. – Toshkent.
Ismoilov B.I. Probatsiya faoliyatining nazariy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-27-sonli farmoni.
“Probatsiya xizmati faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari” o’quv qo’llanmasi. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2025 - 90 bet.
IIV Vazirining 2025-yil 19-iyuldagi “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnomani tasdiqlash haqida”gi 403-sonli buyrug’i.