Аннотация
Mazkur maqolada mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav fondidagi ulushning boshqa shaxslarga oʻtishini tartibga soluvchi huquqiy modellar ikki yetakchi huquq tizimi — Romano-German (kontinental) va Anglo-sakson (umumiy huquq) tizimlari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Germaniya, Fransiya va Ruminiyaning kodifikatsiyalashgan yondashuvi Buyuk Britaniya va boshqa umumiy huquq davlatlarining shartnomaviy erkinlikka asoslangan moslashuvchan modeli bilan solishtiriladi. Alohida eʼtibor ulushni uchinchi shaxslarga o’tishida jamiyat organlarining roli, imtiyozli sotib olish huquqining amalga oshirilish tartibi, ulush oʻtishini rasmiylashtirish shakllari va davlat reyestrida qayd etish mexanizmlariga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ikki tizim oʻrtasidagi farqlar huquqiy meʼyorlarning mavjudligida emas, balki ularning amaliyotda qoʻllanish darajasi va institutsional taʼminotida namoyon boʻladi. Maqola yakunida Oʻzbekiston milliy qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha har ikki tizimning ijobiy jihatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
Библиографические ссылки
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni. — https://lex.uz/docs/-22525
Companies Act 2006 (United Kingdom). — https://www.legislation.gov.uk/ukpga/2006/46/contents
Bürgerliches Gesetzbuch (BGB) hamda GmbH-Gesetz (Germaniya). — https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_gmbhg/englisch_gmbhg.html
Davies, P. & Worthington, S. Gower's Principles of Modern Company Law. — Sweet & Maxwell, 2016.
Kershaw, D. Company Law in Context. — Oxford University Press, 2012.
Hannigan, B. Company Law. — Oxford University Press, 2018.
The Law Student Blog. Maintenance of Share Capital and Transfer of Shares. — https://thelawstudent.blog/maintenance-of-share-capital-and-transfer-of-shares
The Company Law Club. Transferring Shares. — https://www.companylawclub.co.uk/transferring-shares