Аннотация
Ushbu maqolada turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlash tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, turizm infratuzilmasi obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, huquq-tartibot organlari hamda jamoat tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.