Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining o‘ziga xos ovozga ega yozuvchilaridan biri Zulfiya Qurolmoy qizi hikoyalarida ayol iztirobi, uning ijtimoiy-huquqiy holati va ma’naviy-ruhiy olamining badiiy talqini tahlil etilgan.
Tadqiqot davomida yozuvchi asarlaridagi qahramonlarning og‘ir taqdiri, oilaviy-maishiy ziddiyatlar, jamiyatdagi adolatsizliklar va tazyiqlar ostida qolgan ayol qismati, shuningdek, ularning o‘z haq-huquqlari uchun kurashish, o‘zlikni anglash yo‘lidagi ruhiy o‘zgarishlari ochib berilgan. Maqolada muallifning psixologik tahlil mahorati, hayotiylik va xalqchillik tamoyillari adabiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Библиографические ссылки
Zulfiya Qurolmoy qizi. Tanlangan hikoyalar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018.
Karimov B. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi va psixologik tahlil tamoyillari. — Toshkent: Fan, 2021.
Yo‘ldoshev Q. Yonish baxti. — Toshkent: Sharq, 2003.
Mamajonov S. Adabiy jarayon va estetik idrok. — Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015.