TEXNOGEN TA’SIRLAR NATIJASIDA YUZAGA KELGAN EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI

Аннотация

Inson yer yuzida paydo bo’libdiki, tabiat bilan doimo uzviy aloqada bo’lib keldi. Har bir inson dunyoga kelib nafas olishni boshlagandan toki dunyodan ko’z yumushigacha yer yuzida yashaydi, mehnat qiladi, xo’jalik faoliyatini yuritadi, tabiatning moddiy boyliklaridan foydalanadi. Shu vaqt davomida tabiatga o’z ta’sirini o’tkazadi. Insonning mehnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqindilarning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli muammolarni ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda. Maqolaning asosiy mazmuni texnogen ta’sirlar natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar, inson faoliyati jarayonida tabiatdan to’g’ri foydalanish va ekologik muammolarni atroflicha bartaraf etish chora tadbirlarini ko’rib chiqish va o’rganishdan iborat.

pdf