MANFAATLAR TOʻQNASHUVI TOʻGʻRISIDAGI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI HAMDA UNING JAMIYAT VA DAVLAT BOSHQARUVIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI
pdf

Ключевые слова

manfaatlar toʻqnashuvi - shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat hisoblanadi

Аннотация

Hozirda kundalik hayotimizda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida koʻp eshitamiz va baʼzida bunday holatlarga duch ham kelganmiz. Bu jamiyat va davlatga katta zarar keltiradigan illatlardan biri hisoblanib, u bor joyda mavjud sohalar rivojlanishi oʻrniga, orqaga ketadi, adolatsizlik, korrupsiyaviy holatlar koʻpayadi, fuqarolarning davlat organlari va hokimyat organlariga boʻlgan oʻzaro ishonchi soʻnadi, mutaxassis xodimlar salohiyati roʻyobga chiqmaydi. Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar davlat xizmatchilari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlashib jamiyat va davlat rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu borada davlat organi va tashkiloti xodimlarining manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar haqida xabar berish amaliyoti qilinmaganligi, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solish boʻyicha samarali huquqiy mexanizm yaratilmagani bu borada qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etdi[1]. Shu sababli, muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yilning 5-iyun kuni “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning imzolanishi manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish, xususan, uni oldini olish va tartibga solishning aniq tartibi belgilab berdi.

 

[1] https://parliament.gov.uz/articles/2084

pdf

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-931-son;

https://lex.uz/uz/docs/-6952742#-6953754

https://parliament.gov.uz/articles/2084;

https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/16829/11660 .