Аннотация
Ko‘p manbalarda Aleksandr Popov 1895-yilda radioni yaratgan deb qayd etiladi. Biroq butun dunyo olimlari orasida Gulelmo Markonini haqiqiy ixtirochi deb tan olish holati keng tarqalgan. Markonining simsiz aloqa sohasidagi xizmatlari beqiyos bo‘lib, u 1895-yilda Italiyada tajribalar o‘tkazishni boshlagan va 1896-yil Angliyaga borib, o‘z qurilmasi uchun birinchi patentni olgan. 1897-yilda esa "Simsiz telegraf va signallar kompaniyasi"ni tashkil etgan.