GUMANIZM KONSEPSIYASI SAIMA VAHOBNING IJODIDA

Аннотация

Yozuvchilik kundalik hayotimizda sodir bo’ladigan voqealarni hikoya qilish bilan cheklanmaydi. Faraz qiling agar shunday bo’lsachi, u holda bir kunda yuz beradigan son sanoqsiz voqea hodisalardan bir nechta kitob yozish mumkin bo’lar edi. Natijada bular faqatgina rangsiz, muhim ahamiyatga molik bo’lmagan voqealar ketma-ketligining yig’indisi bo’lib qoladi. Badiiy haqiqatning zamirida hayot turadi. Yozuvchining hayoti davomida ko’rgan-bilganlari, boshidan o’tgan voqea-hodisalar badiiy asarni yuzaga kelishida eng asosiy omil sanaladi. Ijodkor doim hayotiy fakt va hodisalardan ilhom olib, badiiy haqiqat sari yo‘l oladi. Badiiy haqiqatning zaminida hamma vaqt hayotiy tajriba, real faktlar, real tarixiy shaxs va insonlar hamda kechinmalar yotadi.

pdf