1. International Bar Association (IBA). IBA Guidelines on Conflicts of Interest in International Arbitration. 2014. (Особенно пояснения к Общему стандарту 7). 2. Abram, D., & Holloway, J. (2022). Third-Party Funding in International Arbitration: The ICCA
PDF

Ключевые слова

ta’lim tizimida o’tish davri, milliy dastur, kasb-hunar ta’limi, Davlat ta`lim standartlari, infratuzilma.

Аннотация

Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo bo’ldi. Mustaqillik mamlakat oldida iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va global integratsiya uchun mustahkam zamin yaratish vazifasini qo’ydi. Bu jarayonda ta’lim tizimi asosiy omil sifatida ko’rildi, chunki bilimli kadrlar jamiyatning kelajagini belgilaydi. Sovet Ittifoqi davrida ta’lim tizimi markazlashgan boshqaruvga asoslangan bo’lib, asosan rus tilida olib borilar va ittifoq siyosatiga xizmat qilar edi. O’zbek tilining o’rni cheklangan, mahalliy xalqlarning madaniy ehtiyojlari esa ko’pincha e’tiborsiz qolar edi. Mustaqillikdan so’ng ta’lim tizimini milliy qadryatlar asosida qayta qurish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish dolzarb vazifaga aylandi.

Modernizatsiya zaruriyatining asosiy sabablari iqtisodiy, ijtimoiy va global omillarga bog’liq edi. Iqtisodiy jihatdan, mustaqil davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga muhtoj edi. Ijtimoiy nuqtai nazardan, ta’lim orqali aholining bilim saviyasini oshirish va teng huquqlilikni ta’minlash lozim edi. Global integratsiya esa xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini shakllantirishni talab qildi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi islohotlar nafaqat bilim berish vositasi, balki milliy birlashuv va kelajakni shakllantirishning muhim mexanizmi sifatida qaraldi. Chunki huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning yashash darajasini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish hamda eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir.

PDF

Библиографические ссылки

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 22-бет.

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 18-бет.

Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 5-бет.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti – president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.08.2017 yildagi PQ-3180-son

Xalq ta’limi vazirligi – “2022-2023 o‘quv yili hisoboti”.