MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA CHORVACHILIK SOHASIDAGI ASOSIY MUAMMOLARGA E’TIBOR MASALASI

Аннотация

1990-yillar boshida O‘zbekiston iqtisodiyoti keskin o‘tish davrini boshdan kechirdi. SSSR parchalanishi bilan birga xo‘jalik aloqalari uzildi, yoqilg‘i, ozuqa, texnika va ehtiyot qismlar yetkazib berish tizimi izdan chiqdi. Qishloq xo‘jaligida, xususan chorvachilikda ishlab chiqarish hajmi kamaydi, hayvonlar soni qisqardi, ozuqa yetishmovchiligi kuchaydi. 1991–1995-yillarda respublika miqyosida qoramol, qo‘y, echki va parrandalar bosh soni kamayib ketgan. Ko‘plab kolxoz va sovxozlar o‘zini o‘zi ta’minlay olmay qoldi. Shu sababli hukumat tarmoqni saqlab qolish va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga o‘tkazish yo‘lida keskin chora-tadbirlar ko‘rishga majbur bo‘ldi.

PDF

Библиографические ссылки

Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

Qishloq xo‘jaligini isloh qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1992-yil.

Qodirov M., Tursunov S. O‘zbekiston agrar siyosati va islohotlar tarixi. – Toshkent, 2001.

Mahmudov N. Chorvachilik iqtisodiyoti asoslari. – Samarqand, 2005.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisobotlari (1991–2000-yillar).