FUQAROLARNING DAVLAT BOSHQARUVIDA ISHTIROK ETISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI
PDF

Ключевые слова

Konstitutsiya, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati, davlat javobgarligi, jamoatchilik nazorati, ishtirok huquqi, ochiqlik, demokratik boshqaruv.

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi doirasida fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqining mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari hamda amaliyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Yangi Konstitutsiyada “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili bosh g‘oya sifatida belgilangan bo‘lib, davlat siyosatining markazida inson manfaatlarini ta’minlashga alohida urg‘u berilgan. Fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtiroki saylov, referendum, jamoatchilik nazorati, murojaatlar instituti, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Maqolada ushbu institutlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari yoritilgan.

Xulosa sifatida, fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi demokratik jamiyatni shakllantirish va davlat javobgarligini kuchaytirishda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.

PDF

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir, 2023-yil 30-aprel).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va ma’ruzalar to‘plami. – Toshkent, 2023.

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun. – 2018-yil 12-aprel.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun. – 2014-yil 5-may.

Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.