Аннотация
Mazkur tezisda korxonalarning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion faoliyatni samarali boshqarish masalalari yoritilgan.
Innovatsion jarayonlar yuqori darajadagi noaniqlik, moliyaviy risklar hamda katta investitsiya talab qilishi bilan tavsiflanadi, bu esa ularni boshqarishda ishonchli va tizimli axborot bazasiga ehtiyojni kuchaytiradi. Shu jihatdan, boshqaruv hisobi axborotining innovatsion faoliyatni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan.
Tezisda boshqaruv hisobi axborotining mohiyati va funksiyalari hamda innovatsion loyihalarni tanlash va amalga oshirish jarayonidagi roli ochib berilgan. Innovatsion qarorlar qabul qilishda xarajatlar va kutilayotgan natijalarni taqqoslash, investitsiya samaradorligini baholash, moliyaviy risklarni aniqlash va resurslardan oqilona foydalanishda boshqaruv hisobi axborotining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, innovatsion loyihalar samaradorligini baholashda faoliyatga asoslangan xarajatlar hisobi, maqsadli tannarx, mahsulot hayotiy sikli xarajatlari tahlili hamda byudjetlashtirish kabi zamonaviy boshqaruv hisobi usullaridan foydalanish masalalari yoritilgan.
Tezis natijalari boshqaruv hisobi axborotining o‘z vaqtida va ishonchli shakllantirilishi innovatsion faoliyatdagi risklarni kamaytirish, boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirish hamda innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
O’zbekiston Respublikasi “Innovatsion faoliyat to’g’risda” gi Qonuni. 24.07.2020 yildagi O‘RQ-630-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon va qarorlari. — www.lex.uz
Kaplan R.S., Norton D.P. Strategy-Focused Organization: How Balanced Scorecard Companies Thrive in the New Business Environment. — Harvard Business School Press, 2001.
Drury C. Management and Cost Accounting. — 10th Edition. Cengage Learning, 2018.
Horngren C.T., Datar S.M., Rajan M.V. Cost Accounting: A Managerial Emphasis. — Pearson Education, 2019.
Hansen D.R., Mowen M.M., Guan L. Cost Management: Accounting and Control. — Cengage Learning, 2018.
Cooper R., Kaplan R.S. The Design of Cost Management Systems: Text, Cases, and Readings. — Prentice Hall, 2006.
Агарков A. П., Голов Р. С. — Управление инновационной деятельностью. Darslik , 2 nashr, 2020.
Алексеев А. А. — Инновационный менеджмент. Mashqlar to’plami. 2 nashr, 2021.
Алексеева М. Б., Ветренко П. П. — Анализ инновационной деятельности. Darslik, 2021.
Henry Chesbrough. “Open innovation”. Darslik. HARVARD BUSINESS SCHOOL PRESS. Boston, Massachusetts, 2003.
A. Taniyev. Innovatsion iqtisodiyot. Darslik. Samarqand, 2020.
G. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov. Innovatsion menejment. Darslik, Toshkent, 2018.