MINTAQALARDA SANOAT KORXONALARINING INNOVATSION FAOLIYATI
PDF

Ключевые слова

innovatsion faoliyat, sanoat korxonalari, mintaqaviy rivojlanish, innovatsion infratuzilma, investitsiya muhiti, kadrlar salohiyati

Аннотация

Mazkur tezisda sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar mintaqaviy kesimda tahlil qilingan. Tadqiqotda innovatsion faoliyatning sanoat tarmog‘ining barqaror rivojlanishidagi o‘rni yoritilib, hududlar kesimida innovatsion faollik darajasining farqlanish sabablari ochib berilgan. Innovatsiyalar sanoat korxonalarida texnologik yangilanishlarni jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beruvchi muhim omil sifatida baholangan.

Tezisda sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat rivojlanishiga innovatsion infratuzilma, investitsiya muhiti, boshqaruv mexanizmlari hamda kadrlar salohiyatining ta’siri tahlil qilinadi.

Hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va institutsional farqlar innovatsion faoliyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynashi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda mintaqaviy yondashuv zarurligini ko‘rsatadi hamda hududiy innovatsion siyosatni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

PDF

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va innovatsiyalarni joriy etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar. — Toshkent, 2019–2023.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida sanoat korxonalari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2024–2025.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Hududlar kesimida sanoat korxonalari va innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlari. — Toshkent, 2025.

Xolmirzayev U. A. Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirish. — Toshkent, 2023.

Dedajanov B., Murodaliyeva M. Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish omillari. // Iqtisodiyot va innovatsiyalar, 2024, №4.

Abdurahmonov Q. X. Mintaqaviy iqtisodiyot va hududiy rivojlanish nazariyasi. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2021.

Karimov I. A. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va innovatsion rivojlanish masalalari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2018.

Schumpeter J. A. The Theory of Economic Development. — Cambridge: Harvard University Press, 1934.

Porter M. E. The Competitive Advantage of Nations. — New York: Free Press, 1990.