AGATA KRISTI DETEKTIVLARIDA TIL VA MUHIT UYG‘UNLIGI: TARJIMON UCHUN LINGVOMADANIY VAZIFALAR (INGLIZ QISHLOQ MUHITI, KOLONIAL KONTEKSTLAR, ARISTOKRATIK MUHIT, XIZMATKORLAR NUTQI TARJIMASI)
PDF

Ключевые слова

Agata Kristi, badiiy tarjima, lingvomadaniyat, detektiv janr, ingliz qishloq muhiti, kolonial diskurs, aristokratik nutq, xizmatkorlar tili, sotsiolingvistika.

Аннотация

Mazkur maqolada Agata Kristining detektiv asarlarida til va muhit o‘rtasidagi murakkab uyg‘unlik lingvomadaniy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ingliz qishloq muhiti, Britaniya imperiyasi davriga xos kolonial kontekstlar, aristokratik jamiyat nutqi hamda xizmatkorlar ijtimoiy qatlamiga mansub nutq xususiyatlari tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Tadqiqotda lingvomadaniyatshunoslik, sotsiolingvistika va badiiy tarjima nazariyasining yetuk olimlari – V. N. Teliya, E. Nida, L. Venuti, P. Newmark, G. Toury kabi tadqiqotchilar qarashlariga tayanilgan. Maqolada Agata Kristi asarlaridan olingan real misollar asosida tarjimonning madaniy vositachi sifatidagi roli yoritilib, muhitga xos nutq birliklarini adekvat tarjima qilishda kontekstual va pragmatik omillarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari badiiy tarjima amaliyotida lingvomadaniy kompetensiyaning hal qiluvchi o‘rnini ko‘rsatadi.

PDF

Библиографические ссылки

Christie, A. The Murder at the Vicarage. London: Collins Crime Club, 1930.

Christie, A. Murder on the Orient Express. London: Collins Crime Club, 1934.

Nida, E. A. Toward a Science of Translating. Leiden: E. J. Brill, 1964.

Newmark, P. A Textbook of Translation. London: Prentice Hall, 1988.

Venuti, L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. London–New York: Routledge, 1995.

Toury, G. Descriptive Translation Studies and Beyond. Amsterdam–Philadelphia: John Benjamins Publishing Company, 1995.

Teliya, V. N. Lingvokul’turologiya: metodologiya i metody. Moskva: Nauka, 1996.

Said, E. W. Orientalism. New York: Pantheon Books, 1978.

Yo‘ldoshev, B. Badiiy tarjima nazariyasi. Toshkent: Fan, 2008.

Qodirova, M. A. Lingvomadaniyatshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2015.