Аннотация
Bugungi kunga kelib nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyo bo‘ylab fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish dolzarb mavzu bo‘lib kelmoqda. So‘ngi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ham mehnat munosabatlarida inson manfaatlarini ustun qo‘yish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish, ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat munosabatlarida adolat va tenglik tamoyilini ta’minlash hamda ularning mehnat huquqlarini ishonchli himoya qilish davlat oldida turgan eng ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlab o‘tilmoqda. Mehnat munosabatlari jamiyat hayotining ajralmas muhim bir bo‘lagi hisoblanadi. U nafaqat fuqarolarning turmush darajasi rivojlanishga, balki ijtimoiy ko‘rsatkichlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.