BADIIY ASARLARDAGI TABIAT TASVIRINI XORIJIY TILLARGA TARJIMASI MASALALARI
PDF

Ключевые слова

badiiy asar, tabiat tasviri, tarjima, badiiy-estetik funksiyalar, tarjima strategiyalari, Navoiy, Qodiriy.

Аннотация

Ushbu maqola badiiy asarlardagi tabiat tasvirini xorijiy tillarga tarjima qilish jarayonidagi muammolar va ularni hal etish strategiyalarini tadqiq qiladi. Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek badiiy adabiyotidagi tabiat tasviri, predmeti sifatida esa bu tasvirni tarjimada yuzaga keladigan lingvistik, badiiy-estetik va madaniy-milliy qiyinchiliklar olingan.

Maqolada Navoiy “Xamsa”si va Qodiriy “O‘tkan kunlar”i misol qilib olingan bo‘lib, tabiat tasvirining badiiy-estetik funksiyalari – kompozitsion, ruhiy, ramziy, milliy-madaniy, estetik va didaktik funksiyalari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, tarjima jarayonidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari, jumladan ekvivalentsiya, adaptatsiya, deskriptiv tarjima va kompensatsiya yondashuvlari ko‘rib chiqilgan.

Tadqiqot natijalari o‘zbek badiiy merosini xalqaro auditoriyaga yetkazish, tarjimonlarga amaliy tavsiyalar berish va badiiy-estetik qatlamni saqlash bo‘yicha ilmiy asos yaratish imkonini beradi.

PDF