Аннотация
Mazkur tadqiqot zamonaviy axborot xurujlari va global intellektual inqiroz sharoitida tanqidiy yondashuvning ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Unda axborot oqimining ortishi, manipulyativ ta’sirlar va soxta ma’lumotlarning keng tarqalishi sharoitida tanqidiy fikrlashning zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, tanqidiy yondashuvning shaxsning mustaqil fikrlashini shakllantirish, axborotni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijasida tanqidiy yondashuv jamiyatda sog‘lom intellektual muhitni shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni kuchaytiruvchi muhim omil ekanligi aniqlangan.
Библиографические ссылки
Abduqodirov, A. A. (2018). Axborot xavfsizligi va zamonaviy tahdidlar. Axborot texnologiyalari va boshqaruv, 2(4), 45–52.
Yo‘ldoshev, J. G‘. (2017). Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik asoslari. Pedagogik mahorat, 3(1), 12–18.
To‘raqulov, X. T. (2019). Zamonaviy falsafada tafakkur va bilish muammolari. Falsafa va huquq, 1(2), 23–29.
Qurbonov, Sh. (2021). Ijtimoiy tafakkur va global muammolar. Ijtimoiy-gumanitar fanlar jurnali, 4(3), 30–36.
Xasanboyeva, O. (2019). Ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar. Uzluksiz ta’lim, 2(5), 14–20.
Saidaxmedov, N. (2016). Pedagogik texnologiyalar va ularning samaradorligi. Zamonaviy ta’lim, 1(3), 25–31.