TO‘LQIN HAYIT HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARNING BADIIY TAHLILI

Аннотация

Oʻzbek adabiyotida milliy qadriyatlarni badiiy talqin etish muhim yoʻnalishlardan biridir. Bu qadriyatlar xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari, axloqiy mezonlari va ruhiy dunyosini ifodalaydi. XXI asr o‘zbek adabiyotining sevimli yozuvchisiga aylangan Toʻlqin Hayit hikoyalarida ham xuddi shu qadriyatlar zamonaviy badiiy shaklda ifodalanib, kitobxonni milliy ruhiyat bilan bogʻlaydi.  Ustoz To‘lqin Hayitning “Farishta emasman”, “Yarador qo‘shiq”, “Eski do‘ppi”, “Siz ham yig‘laysizmi”, “Boyvachchaning qizi”, “Toshtan”, “Masxarabozlar”, “Poklik uyi”, “Begona”, “Rais ona”, “Qodir boboning orzusi”, “Ona sochi”, “Cho‘pon daho”, “Oxlokrat”, “Xonbobo o‘lgan emish”, “Oshiq” kabi hikoyalari, shuningdek tarixiy mavzuga bag‘ishlangan “Amir Temur haqida hikoyalar”(to‘plam), “So‘nggi temuriy malika” va “Karvon qo‘g‘irog‘i” hikoyalari  o‘zbekona urf-odat va milliy an’analarimizning yorqin namunasi ifodalovchi qimmatli manbalardir.

PDF