Аннотация
Mazkur maqolada taom nomlarining til tizimidagi nominativ hamda madaniy vazifalari lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Taom nomlari insonning kundalik hayoti, yashash tarzi, xo‘jalik faoliyati, estetik didi va milliy qadriyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan leksik birliklardir. Ular bir tomondan ma’lum bir taomni atash, boshqa taomlardan farqlash vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari, marosimlari, mehmondo‘stlik an’analari va milliy mentalitetini ifodalovchi madaniy belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada o‘zbek taom nomlari misolida nominativlik va madaniylikning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi.
Библиографические ссылки
Maslova V.A. Lingvokulturologiya. Moskva: Akademiya, 2001.
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab. Toshkent: Fan, 2012.
Teliya V.N. Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskiy i lingvokulturologicheskiy aspekty. Moskva, 1996.
Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. Toshkent, 2019.
O‘zbek xalq taomlari va pazandachilik an’analari bo‘yicha etnografik materiallar.
Karimov S. O‘zbek tili leksikologiyasi va semantikasi masalalari. Toshkent, 2007.