Аннотация
Mazkur tezisda g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish jinoyatini kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq dolzarb nazariy va amaliy muammolar tahlil qilingan. Xususan, ushbu jinoyatni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq boshqa jinoyatlardan farqlash, jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilarini aniqlash, jinoyatning tamom bo‘lish vaqtini belgilash hamda ishtirokchilarning jinoiy javobgarligini to‘g‘ri baholash masalalari yoritilgan.
Shuningdek, jinoyatlar jami va jinoyat-huquqiy normalar raqobatini hal etishda uchraydigan ayrim muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish bilan bog‘liq qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, sud-tergov amaliyotida qonunchilikni bir xilda qo‘llash hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 1994-yil 22-sentabr.
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi. Umumiy qism: darslik. – Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi. Maxsus qism: darslik. – Toshkent.
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish asoslari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent.
Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi 1961-yilgi Yagona konvensiya.
Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi 1971-yilgi konvensiya.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1988-yilgi konvensiyasi.
United Nations Office on Drugs and Crime. World Drug Report. – New York: United Nations.