Аннотация
Bolalarda urologik operatsiyalardan keyingi og‘riqni samarali nazorat qilish perioperatsion davrda davolash sifatini oshirish va erta tiklanishni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Yetarli bo‘lmagan analgeziya stress reaksiyasining kuchayishi, gemodinamik o‘zgarishlar, bezovtalik va qo‘shimcha analgetiklarga ehtiyoj ortishiga olib kelishi mumkin.
Multimodal analgeziya tarkibida ultratovush nazorati ostida bajariladigan regional blokadalardan foydalanish og‘riq impulslarining uzatilishini kamaytirish, tizimli opioid preparatlariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish va nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish imkonini beradi.