TOVAR BELGISI LITSENZIYASIDA SIFAT NAZORATINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
PDF

Ключевые слова

Mavzuning dolzarbligi bir necha omil bilan izohlanadi. Birinchidan, xorijiy brendlarni litsenziya va franchayzing asosida jalb qilish amaliyoti kengaymoqda

Аннотация

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar belgisi tadbirkorlik subyektining eng qimmatli nomoddiy aktivlaridan biriga aylandi. Isteʼmolchi tovarni koʻpincha uning belgisiga qarab tanlaydi, chunki belgi unga muayyan sifat va kelib chiqish haqida ishonch beradi.

Tovar belgisiga boʻlgan huquqni tasarruf etishning eng keng tarqalgan shakli litsenziya shartnomasidir. Ye.V. Demyanenko va A.V. Shpak litsenziya shartnomasini mutlaq huquqni tasarruf etishning asosiy huquqiy vositalaridan biri sifatida baholaydi. Biroq tovar belgisi litsenziyasi boshqa intellektual mulk obyektlari litsenziyasidan farq qiladi: ixtiro yoki asardan foydalanishda isteʼmolchi muallif kimligini bilmasligi mumkin, tovar belgisi esa aynan tovarning kimdan kelib chiqqanini koʻrsatish uchun mavjud. Agar litsenziat past sifatli mahsulot ishlab chiqarib, unga oʻsha belgini qoʻysa, isteʼmolchi chalgʻitiladi, belgining obroʻsi pasayadi va ishonch yoʻqoladi.

PDF

Библиографические ссылки

Демьяненко, Е. В., & Шпак, А. В. (2019). Понятие и правовая природа лицензионного договора. Юристъ-Правоведъ, (4), 47–50.

Raximov, A. Sh. (2026). Tovar belgilariga boʻlgan huquqlarni sud orqali himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish. Research and Publications, 191–195. https://doi.org/10.5281/zenodo.23232333

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). (1996, 29-avgust). Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-180552