Аннотация
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning lingvokultural xususiyatlarini o‘rganadi, til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’kidlaydi. Maqolada frazeologik birliklarning madaniy identifikator sifatida roli, turli til jamoalarining o‘ziga xos dunyoqarashlarini, an’analarini va qadriyatlarini aks ettirishi ko‘rsatilgan. Til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan lingvokulturologiya sohasida Yu.M. Lotman, V.N. Telia va V.A. Maslova kabi taniqli olimlarning ishlariga e’tibor qaratilgan. Frazeologik birliklar madaniy hodisalarni tushunishda qimmatli manba bo‘lib, ular tarixiy kechinmalar, ijtimoiy normalar va madaniy bilimlarni o’zida mujassam qiladi. Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili o‘xshash tushunchalar qanday qilib madaniy jihatdan o‘ziga xos tasvirlar va metaforalarda ifodalanishini ko‘rsatadi. Masalan, ikki tilda ham mavjud bo’gan o‘lim yoki kundalik hayotga oid idiomalar madaniyatlarning nozik farqlarini o‘zida aks ettirib, milliy o’ziga xoslikni tilga bo’lgan ta’sirini namoyish etadi. Maqola yakunida frazeologik birliklar, linvistik va madaniy belgilar sifatida jamiyatning ongiga chuqur qarashlar kiritishi, uning an’analarini saqlashi va dunyoqarashini shakllantirishi ta’kidlanadi. Ushbu izlanish frazeologiyaning lingvomadaniy tadqiqotlaridagi ahamiyatini va madaniyatlararo tushunishni rivojlantirishdagi rolida urg’u beradi.
Библиографические ссылки
Rahmatullayev Sh. (1978). “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati.” Toshkent: O’qituvchi.
Telia V.N. (1996). “Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskiy i lingvokul'turologicheskiy aspekty.” Moscow: Shkola “Yazyki russkoy kultury”.
Maslova V.A. (2001). “Lingvokulturologiya: Uchebnoe posobiye dlya studentov vysshikh uchebnykh zavedeniy.” Moscow: Izdatelskiy tsentr “Akademiya”. (pp. 35-36).
Kendjaeva, Gulrukh Fattilloevna. "МЕТОДЫ ПЕРЕДАЧИ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В РУССКИХ И УЗБЕКСКИХ ПЕРЕВОДАХ РОМАНА АБДУЛЛА КАДЫРИ «МИНУВЩИЕ ДНИ»." Theoretical & Applied Science 9 (2020): 316-321.
Kendjaeva, G. F. "The methods of translating phraseological units in the Russian and English translations of the novel" Days Gone by" by Abdulla Qadiri." ISJ Theoretical & Applied Science, 09 (89) (2020): 316-321.