Аннотация
Chaqaloqlarda va erta yoshdagi bolalar orasida siydik yo’llari infeksiyasi eng keng tarqalgan bakterial infeksiya bo’lib, ushbu yoshdagi barcha kasalxonaga davolanayotgan isitmali bemorlarning 10-15 % da kuzatiladi. 5 yoshga kelib, o’g’il bolalarning 1-2% va qizlarning 8% ushbu kasallik bilan kamida bir marta kasallanadi. Boshlang’ich maktab yoshida siydik yo’llari infeksiyasi qizlarning 7,8 % va o’g’il bolalarning 1,6 % da uchraydi. Siydik yo’llari infeksiyasi chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar orasida keng tarqalishi, erta tashhis qo’yishning qiyinchiliklari, va buning oqibatida kasallikning og’ir kechishi, asoratlarning rivojlanishi siydik yo’llari infeksiyasini hozirgi kunga qadar dolzarbligini ko’rsatmoqda.