SINTETIK DIZEL YOQILG‘ILARINING TRIBOLOGIK (ISHQALANISHGA QARSHI) XOSSALARINI OSHIRISHDA INNOVATSION QO‘SHIMCHALARNING ROLI
PDF (Русский)

Keywords

Sintetik suyuq yoqilgʻi, GTL, moylash xususiyati, mahalliy xomashyo, molibden oksidi, oltingugurt, HFRR.

Abstract

Hozirgi kunda sintetik suyuq yoqilgʻilar (SSY) global miqyosda ekologik tozaligi, yuqori yonish samaradorligi va past emissiya darajasi tufayli anʼanaviy neft mahsulotlariga muqobil sifatida keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, GTL (gas-to-liquid) texnologiyasi orqali tabiiy gazdan olinadigan yoqilgʻilar transport, sanoat va harbiy sohalarda tobora koʻproq qoʻllanilmoqda. Biroq, SSYlar tarkibida tabiiy neftdan olingan yoqilgʻilarda mavjud boʻlgan aromatik birikmalar va ogʻir fraksiyalarning yetishmasligi ularning moylash xususiyatlarining sust boʻlishiga olib kelmoqda. Bu esa, dvigatellar va mexanizmlarning ish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, ishqalanish va eskirish darajasining oshishiga sabab boʻlishi mumkin. Ushbu maqolada sintetik yoqilgʻilarning moylash xususiyatlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga e’tibor qaratiladi. Xususan, mahalliy xomashyo asosida sintez qilingan qoʻshimchalar yordamida SSY ning tribologik xossalarini yaxshilashga oid mavjud yondashuvlar, texnologik usullar va ularning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sintetik yoqilgʻilar samaradorligini oshirish, ularni amaliyotga joriy qilish jarayonini tezlashtirish hamda energetik xavfsizlikni taʼminlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.

PDF (Русский)

References

Fang, J., & McCormick, R. L. (2006). Spectroscopic Study of Lubricity Additives in Diesel Fuels. Energy & Fuels, 20(1), 48–53.

Dry, M. E. (2002). The Fischer–Tropsch process: 1950–2000. Catalysis Today, 71(3-4), 227–241.

Seddon, K. R. (2003). Ionic Liquids for Clean Technology. Journal of Chemical Technology and Biotechnology, 68(4), 351–356.

Золотов А.А., Дронов С.В. (2018). Биоразлагаемые присадки на основе растительных масел для синтетических дизельных топлив. Вестник Томского политехнического университета, №5, с. 66–71.

Каримов Н.А., Шукуров Б.М., Усманов Ф.Б. (2020). Исследование эффективности местного сырья в качестве добавок к синтетическим топливам. Журнал "Нефтегаз", №3, с. 44–49.

Patel, H. R., & Sarathi, R. (2010). Development of Lubricity Enhancers Using Esters for Ultra-Low Sulfur Diesel. Industrial & Engineering Chemistry Research, 49(12), 5825–5830.

Ali, Y., & Hanna, M. A. (1994). Alternative Diesel Fuels from Vegetable Oils. Bioresource Technology, 50(2), 153–163.

Zhang, Q., Wang, D., & Zhao, W. (2017). Nanoparticle Additives in Fuel: Improving Tribological Properties of Diesel. Tribology International, 109, 509–517.

ASTM D6079 – 20. Standard Test Method for Evaluating Lubricity of Diesel Fuels by the High-Frequency Reciprocating Rig (HFRR). ASTM International, USA.

Martin, J. M., & Donnet, C. (2000). "Superlubricity with MoS₂-based Nanoparticles." Wear, 245(1-2), 107–119.

ISO 12156-1:2018 – "Diesel fuel—Assessment of lubricity using the HFRR method."

ASTM D6079-18 – "Standard Test Method for Evaluating Lubricity of Diesel Fuels Using the High-Frequency Reciprocating Rig (HFRR)."