Аннотация
Mazkur maqola mashhur o‘zbek adibi Said Ahmad tomonidan yozilgan “Ufq” trilogiyasi asosida yaratilgan badiiy matnlardagi frazeologizmlarning o‘rni, funksiyasi va stilistik imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda frazeologik birliklarning trilogiya qahramonlarining xarakterini ochishdagi, voqealarning emotsional fonini kuchaytirishdagi hamda milliylik va xalqona ohangni ifodalashdagi badiiy vazifalari keng yoritiladi. Asarda ishlatilgan frazeologik birliklar tahlil qilinib, ularning semantik va kontekstual jihatdan qanday badiiy yuklama kasb etgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, adibning frazeologizmlarni ijodiy yondashuv bilan, yangi ma’no va ohang berib ishlatgani misollar orqali tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot frazeologik boyliklarning badiiy til taraqqiyotidagi o‘rni va o‘ziga xosligini ochib beradi.
Библиографические ссылки
Said Ahmad. Ufq trilogiyasi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1988–1992.
Jo‘rayev G‘. O‘zbek tilining frazeologik boyligi. – Toshkent: Fan, 1981.
Karimov M. Adabiy til va badiiy uslub. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
Qodirova Z. Frazeologik birliklarning stilistik vazifalari. – Toshkent: TDPU, 2012.
Rasulov A. Badiiy matnda obraz va ifoda. – Toshkent: Yozuvchi, 1989.
Ismatov A. Til va adabiyotda frazeologizmlar. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2014.
Turaqulova D. Frazeologiyaning stilistik imkoniyatlari. – Toshkent: Ilm ziyo, 2020.