Abstract
Ushbu maqola zamonaviy dunyoqarashning ikki asosiy falsafiy yo‘nalishi — modernizm va postmodernizm —ni tizimli tahlil qiladi. Maqolada modernizm tushunchasining tarixiy ildizlari, uning XVII–XX asrlardagi rivojlanishi va ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyotga ta’siri o‘rganiladi. Modernizmning asosiy xususiyatlari sifatida ratsionalizmga, ilmiy taraqqiyotga va universal qadriyatlarning mavjudligiga ishonch ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada postmodernizmning paydo bo‘lishi, uning modernizmga nisbatan tanqidiy qarashlari va zamonaviy jamiyatdagi namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilinadi. Postmodernizmga xos pluralizm, subyektivizm, metafiktsion va ironiya elementlari, shuningdek, ijtimoiy va madaniy konstruksiyalarni tanqid qilish jarayoni yoritiladi. Maqola modernizm va postmodernizmning o‘zaro farqlari va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi, ularning jamiyat, madaniyat va inson tafakkuriga ta’sirini baholaydi. Shu bilan birga, zamonaviy dunyoqarashda ushbu yo‘nalishlarning dolzarbligi, ularning san’at, adabiyot va falsafiy tafakkurdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu ish akademik tadqiqotlar, pedagogik ishlanmalar va falsafiy tahlillar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
References
Merriam Webster. “Modernism” lugʻat ma’nosi. (merriam-webster.com)
Vargish, Thomas. Modernism. Routledge Encyclopedia of Philosophy. (rep.routledge.com)
Britannica. “Modernism | Definition, Characteristics…”. (britannica.com)
Britannica. “Postmodernism | Definition, Doctrines & Facts”. (britannica.com)
Britannica. “Postmodernism and Relativism”. (britannica.com)
Ryadi, Agustinus. “Postmodernisme versus Modernisme”. (ejournal.stftws.ac.id)
Bhagat, Mahesh Kumar. “A Multifaceted Shift from Modernism to Postmodernism”. (humanitiesjournals.net)