Аннотация
Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) institutining nazariy asoslari va konseptual modeli tahlil qilinadi. DXShning “xizmat ko‘rsatish davlatchiligi” (service-oriented governance), risklarni taqsimlash, samaradorlik va hisobdorlik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqotda xavfsizlik sohasida DXShning qo‘llanish chegaralari, davlatning “monopol vakolati” saqlanadigan yo‘nalishlar hamda xususiy sektor jalb etilishi mumkin bo‘lgan funksiyalar (infratuzilma, texnologiyalar, servis va logistika) nazariy jihatdan ajratib ko‘rsatiladi. Shuningdek, shartnomaviy dizayn, KPI va SLA indikatorlari, ma’lumotlar xavfsizligi, manfaatlar to‘qnashuvi va ijtimoiy legitimlik kabi muhim risklar nazariy-huquqiy mezonlar asosida yoritiladi. Maqola yakunida DXSh asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha institutsional arxitektura va normativ tartibga solishni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy xulosalar shakllantiriladi.
Библиографические ссылки
jamoat xavfsizligini davlat xususiy sheriklik asosida ta’minlash – davlat mamlakat hayotida aholi tinchligi va farovonligini shuningdek, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa yo‘nalishlardagi kompleks chora-tadbirlarni yozma shartnoma asosida yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishdir.