Аннотация
Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlarini qo‘llashning huquqiy asoslari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning markazida DXSHning normativ-huquqiy tabiati, vakolatlar taqsimoti, shartnomaviy tartibga solish hamda davlatning jamoat xavfsizligi bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bilan uyg‘unligi masalalari turadi. Maqolada DXSH shartnomalarining predmet doirasi, taraflarning javobgarligi, risklarni taqsimlash, moliyalashtirish va kafolat mexanizmlari, davlat nazorati va audit instrumentlari, shuningdek KPI/SLA asosidagi natijadorlik mezonlarining huquqiy mazmuni yoritiladi. Alohida e’tibor shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi, axborot xavfsizligi, manfaatlar to‘qnashuvi, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi komplayens, xizmatlar sifati hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlariga qaratiladi. Xulosa qismida jamoat xavfsizligi sohasida DXSHni rivojlantirish bo‘yicha huquqiy takliflar va amaliy tavsiyalar shakllantiriladi.
Библиографические ссылки
Yuqoridagi taxlillardan xulosa qilib aytganda jamoat xavfsizligini ta’minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va uning istiqbollarini belgilash bugungi kunning dolzarb bo‘lgan sohalaridan biridir. Kelgusi rejalarda davlat-xususiy sheriklik resurslarini to‘g‘ri tashkil etgan holda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga olishi maqsadga muvofiqdir.