FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH AMALIYOTINING XALQARO MODELLARI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL
PDF

Keywords

fuqarolikni rasmiylashtirish; xorijiy tajriba; qiyosiy-huquqiy tahlil; naturalizatsiya; ma’muriy tartib-taomil; due process; e-government; verifikatsiya; nondiskriminatsiya; shikoyat mexanizmi.

Abstract

Maqolada fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot fuqarolikni olish (naturalizatsiya), fuqarolikni tiklash, fuqarolikdan chiqish hamda ko‘p fuqarolik masalalarini tartibga solishning turli modellari va ularning ma’muriy tartib-taomillari (hujjatlar talabi, muddatlar, verifikatsiya, intervyu/imtihon, qarorni asoslash)ni tizimlashtiradi. Xorijiy amaliyot misolida “insonga yo‘naltirilgan xizmat” (service-oriented administration), shaffoflik, huquqiy aniqlik, nondiskriminatsiya, “due process”, raqamlashtirish (e-government) va idoralararo integratsiya kabi standartlarning amaliy qo‘llanishi yoritiladi. Shuningdek, xavfsizlik tekshiruvlari, ma’lumotlar himoyasi, administrativ diskretsiya chegaralari va sud/ma’muriy shikoyat mexanizmlarining samaradorligi bo‘yicha qiyosiy xulosalar beriladi. Yakunda milliy tizimni takomillashtirish uchun xalqaro tajribadan olinadigan institutsional saboqlar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

PDF