GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH TRANSFORMATSIYASI
PDF (English)

Ключевые слова

globallashuv, yoshlar ma’naviyati, global madaniyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ommaviy madaniyat, ma’naviy immunitet, ijtimoiylashuv.

Аннотация

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish jarayonining transformatsiyasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda global madaniyatning shakllanishi va uning yoshlarning ma’naviy-axloqiy qarashlari, qadriyatlar tizimi hamda ijtimoiy xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha yoritiladi.

Globallashuv jarayonining bir tomondan, yoshlar uchun bilim olish, madaniyatlararo muloqot va ochiqlik imkoniyatlarini kengaytirishi, ikkinchi tomondan esa ommaviy madaniyat orqali milliy o‘zlik va an’anaviy qadriyatlarning zaiflashishiga olib kelishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar — ta’lim tizimi, oila instituti, ommaviy axborot vositalari, raqamli muhit hamda davlatning ma’naviy-ma’rifiy siyosati o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviy immunitetini mustahkamlash, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash zarurligini asoslab beradi.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Mirziyoyev, Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2019, 256 bet.

Mirziyoyev, Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2020, 304 bet.

Bauman, Z. Consuming life. Cambridge: Polity Press, 2007, 176 p.

Giddens, A. Runaway world: How globalization is reshaping our lives. London: Profile Books, 2000, 104 p.

Qodirov, M. Ma’naviyat va globallashuv: ijtimoiy-falsafiy tahlil. Toshkent: Fan nashriyoti, 2016. 220 bet.

Musurmonova, O. Yoshlar ma’naviyati va ijtimoiy taraqqiyot. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2018. 168 bet.

Mamarasulova, Gulnoz. "SIYOSIY MATN TARJIMASINING LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI." Conferences. Vol. 1. No. 1. 2025.

Mamarasulova, Gulnoz. "GEOPOLITICAL MEANINGS IN MEDIA DISCOURSE." Conferences. Vol. 1. No. 1. 2025.

Mamarasulova, Gulnoz, and Ruxshona Cho'liyeva. "DIPLOMATIK MATNLARNING TARJIMADA IFODALANISHI." Conferences. Vol. 1. No. 1. 2025.