Аннотация
Mazkur maqolada XIX asr o‘rtalarida Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoga, xususan, Toshkent shahriga nisbatan olib borgan bosqinchilik siyosati yoritilgan. Ishda Rossiya imperiyasining mintaqaga kirib kelish sabablari, harbiy yurishlarning bosqichlari, muhim janglar hamda Toshkentni egallash jarayoni tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada Toshkent uchun bo‘lib o‘tgan janglarda ishtirok etgan qo‘mondonlar, qo‘shinlar soni, harbiy ustunlik omillari hamda jang natijalari haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, Toshkent bosib olingandan keyin yuzaga kelgan siyosiy, ma’muriy va iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va uning faoliyati ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida Rossiya imperiyasining Toshkentni egallashi Markaziy Osiyo tarixida muhim burilish nuqtasi bo‘lgani, bu voqea mintaqaning keyingi siyosiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgani xulosa qilinadi.
Библиографические ссылки
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent.
Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (XIX – XX asr boshlarida). Toshkent.
Ahmedov B. O‘zbekiston xalqlari tarixi. Toshkent.
G‘.A. Xidoyatov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent.
Alexander Morrison. The Russian Conquest of Central Asia. Cambridge University Press.