Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda fuqarolik va iqtisodiy nizolarni hal qilishda mediatsiya institutini ommalashtirish muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mediatsiyaning huquqiy asoslari, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonun qoidalari, mediatsiya tamoyillari va uning sud tartibidan afzalliklari yoritib berilgan. Shuningdek, institut ommalashuviga to‘sqinlik qilayotgan omillar – aholining xabardorligi yetarli emasligi, mediatorlar sonining kamligi, mediativ kelishuvning ijro mexanizmi zaifligi kabi muammolar aniqlangan. Maqolada xorijiy tajriba asosida mediatsiyani rivojlantirish yo‘llari asoslab beriladi va amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-482-son, 2018-yil 3-iyul). – Lex.uz: https://lex.uz/acts/-3805227
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-4850, 2016-yil 21-oktabr).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-4754, 2020-yil 17-iyun).
Ungarov A. Sud amaliyotida mediativ kelishuv tushunchasi, tuzilishi va ijro etish xususiyatlari // Modern Science and Research. – 2024. – Vol. 3, Issue 11. – B. 317–327.
Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun nimalarni tartibga soladi? // Kun.uz. – 2018-yil 29-iyun.
“O‘zbekistonda mediatsiyani takomillashtirishning dolzarb masalalari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi davra suhbati materiallari. Adliya vazirligi va USAID. – Toshkent, 2021.