Аннотация
Mazkur maqolada yosh futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarliklarini o‘zaro uyg‘unlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy futbolda yuqori natijaga erishish nafaqat futbolchining tezlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlariga, balki ushbu jismoniy sifatlarni o‘yin vaziyatlarida maqsadga muvofiq qo‘llay olishiga ham bog‘liq. Shu sababli yosh futbolchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy va taktik tayyorgarlikni alohida-alohida emas, balki yagona pedagogik jarayon sifatida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolada yosh futbolchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy-taktik mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich tashkil etish metodikasi taklif etilgan. Ushbu metodika futbolchilarning funksional imkoniyatlari, texnik-taktik ko‘nikmalari va o‘yin faoliyatining samaradorligini kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Библиографические ссылки
Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. – Москва: Спорт, 2010.
Платонов В.Н. Система подготовки спортсменов в олимпийском спорте. – Киев: Олимпийская литература, 2004.
Верхошанский Ю.В. Основы специальной физической подготовки спортсменов. – Москва: Физкультура и спорт, 1988.
Озолин Н.Г. Настольная книга тренера: Наука побеждать. – Москва: АСТ, 2004.
Курамшин Ю.Ф. Теория и методика физической культуры. – Москва: Советский спорт, 2010.
Wein H. Developing Youth Football Players. – Champaign: Human Kinetics, 2004.
Williams A.M., Reilly T. Talent Identification and Development in Soccer. – Journal of Sports Sciences.