ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “MUBAYYAN” ASARIDAGI AQIDAVIY MASALALAR BAYONI
pdf (English)

Ключевые слова

Zahiriddin Muhammad Bobur, “Mubayyan”, “E’tiqodiyya”, aqida, iymon, hanafiy-moturidiy aqidasi, Alloh sifatlari, nubuvvat, oxirat, ta’limiy masnaviy, matnshunoslik.

Аннотация

Ushbu maqola Zahiriddin Muhammad Boburning hijriy 928 (milodiy 1521–1522) yilda yaratilgan, islom e’tiqodi asoslari va hanafiy fiqhiga bag‘ishlangan “Mubayyan” nazmiy asaridagi aqidaviy masalalar bayonini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Asarning nashr etilgan matni va nasriy bayoni asosida uning birinchi kitobi – “E’tiqodiyya”ning tarkibi tavsiflangan, iymonning ta’rifi va taklif shartlari, iymonning olti rukni, Alloh taoloning sifatlari, farishtalar, ilohiy kitoblar va nubuvvat, me’roj, sahobalar va xulafoi roshidin maqomi, podshohga itoat, to‘rt mazhab imomlari hamda oxiratga oid masalalarning talqini tahlil qilingan. Bobur qarashlarining “Al-Fiqh al-akbar” va “Al-Aqoid an-Nasafiya”da mustahkamlangan hanafiy-moturidiy aqidasiga muvofiqligi ko‘rsatilgan, matndagi urg‘ularni belgilagan tarixiy sharoit hamda murakkab ilohiyot mazmunini keng kitobxonga yetkazishda qo‘llangan badiiy vositalar yoritilgan. Asarni matnshunoslik nuqtai nazaridan keyingi o‘rganish vazifalari belgilangan.

pdf (English)

Библиографические ссылки

Nisoriy H. Muzakkiri ahbob / Fors tilidan I. Bekjon tarjimasi. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993.

Rajabova D. Bobur masnaviylarida irfoniy ma’no. – Toshkent, 2005.

Bobur Z.M. Kulliyot. 6 jildlik. 2-jild: Mubayyan. Risolayi Volidiyya tarjumasi. – Toshkent: “Zilol buloq”, 2021.

Kenjabek M. Mubayyan va nasriy bayoni. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2014.

Babur Z.M. The Baburnama: Memoirs of Babur, Prince and Emperor / Transl., ed. and annotated by W.M. Thackston. – Washington, D.C.: Freer Gallery of Art, Arthur M. Sackler Gallery; New York: Oxford University Press, 1996.

The Babur-nama in English (Memoirs of Babur) / Transl. from the original Turki text by A.S. Beveridge. – London: Luzac & Co., 1922.

Dale S.F. The Garden of the Eight Paradises: Babur and the Culture of Empire in Central Asia, Afghanistan and India (1483–1530). – Leiden; Boston: Brill, 2004.

Kenjabek M. Bobur Mirzoning “Mubayyin” asari [Elektron resurs]. – https://baburid.uz/bibliography/919

Wensinck A.J. The Muslim Creed: Its Genesis and Historical Development. – Cambridge: Cambridge University Press, 1932.

Elder E.E. A Commentary on the Creed of Islam: Sa’d al-Din al-Taftazani on the Creed of Najm al-Din al-Nasafi. – New York: Columbia University Press, 1950.

Rudolph U. Al-Maturidi and the Development of Sunni Theology in Samarqand / Transl. by R. Adem. – Leiden; Boston: Brill, 2015.