Аннотация
Mazkur maqolada kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda subsidiyalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati tadqiq etilgan. Dastlab subsidiya tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning asosiy shakllari va davlat tomonidan qo‘llanilish maqsadlari yoritilgan. Shuningdek, subsidiyalarning aholini mehnat faoliyatiga jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromadlarini oshirishga ta’sir mexanizmi tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati, jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tadbirkorlik va daromad keltiruvchi faoliyatga jalb etishga qaratilgan subsidiya mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida kambag‘allik darajasining pasayishi va mehnat bozoridagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, subsidiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
Sen, A. (1999). Development as Freedom. Oxford: Oxford University Press.
Manba: https://global.oup.com/academic/product/development-as-freedom-9780192893307
Ravallion, M. (2016). The Economics of Poverty: History, Measurement, and Policy. Oxford University Press.
Manba: https://academic.oup.com/book/26499
World Bank. (2025). Uzbekistan: Poverty Assessment. Washington, DC: World Bank. O‘zbekistonning kambag‘allik darajasi va kambag‘allik dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar.
Manba: https://data.worldbank.org/country/uzbekistan
International Labour Organization (ILO). World Employment and Social Outlook: Trends. Geneva: ILO. Bandlik, munosib mehnat va daromadlar bo‘yicha xalqaro tahliliy ma’lumotlar.
Manba: https://www.ilo.org/publications/flagship-reports/world-employment-and-social-outlook-trends
Qizi A. D. Z. T. et al. KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASHDA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI VA AHAMIYATI //Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика). – 2025. – №. 13. I. – С. 848-854.