SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI (AL-FARGʻONIY)
pdf

Keywords

al-Fargʻoniy, Alfraganus, Sharq mutafakkirlari, ijtimoiy falsafa, ratsionalizm, ma’rifatparvarlik, “Astronomiya asoslari”, Bayt al-hikma, madaniyatlararo muloqot.

Abstract

Ushbu tezisda IX asrda yashagan Fargʻonalik olim Ahmad al-Fargʻoniy (Alfraganus)ning ijtimoiy-falsafiy qarashlari uning “Samoviy harakatlar va yulduzlar ilmining umumiy qoidalari kitobi” asari hamda amaliy faoliyati asosida tahlil qilinadi. Olim ijtimoiy falsafaga oid alohida risola yozmagan, shu sababli uning qarashlari toʻrt yoʻnalishda aniqlanadi: ilmning jamiyat ehtiyojiga xizmati, bilimni keng oʻquvchiga yetkazish, ilmiy qoidalarni kuzatuv orqali tekshirish va xalqlar oʻrtasida bilim almashinuvi. Tadqiqot natijasida al-Fargʻoniy ilmni jamiyat uchun foydali boʻlishi lozim boʻlgan bilim deb hisoblagani dalillar bilan koʻrsatildi.

pdf

References

Alfraganus. Brevis ac perutilis compilatio... Alfragani astronomorum peritissimi totam astronomiam continens. Nuremberg: Johann Petreius, 1537.

Matvievskaya G.P., Rozenfel’d B.A. Matematiki i astronomy musulmanskogo srednevekov’ya i ikh trudy (VIII–XVII vv.). T. 1–3. Moskva: Nauka, 1983.

Gutas D. Greek Thought, Arabic Culture: The Graeco-Arabic Translation Movement in Baghdad and Early ‘Abbasid Society. London: Routledge, 1998.

Starr S.F. Lost Enlightenment: Central Asia’s Golden Age from the Arab Conquest to Tamerlane. Princeton: Princeton University Press, 2013.

Abu Nasr al-Farobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar, 1-jild. Toshkent: Fan, 1968.